Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
alq deputatlari Buvayda tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan joylarda sport musobaqalari o‘tkazildi
янв.21
Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputat so‘rovlari ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Buvayda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dastur loyihalari ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari e'tibor markazida
янв.21
Buvayda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dastur loyihalari ijrosi deputatlar nazoratida
Bitiruvchilar e’tibor markazida: deputat bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining 11-Muqumiy saylov okrugi deputati Zoir Shodmonov Bog'ishamol mahallasidagi Jizzax davlat pedagogika texnikumi bitiruvchilari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning kelajak rejalari, kasb tanlashdagi muhim jihatlar hamda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha suhbatlashildi.

Deputat bitiruvchilarga zamonaviy kasblarni egallash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish zarurligini ta’kidlab, ularni yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undadi. Shuningdek, yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Zoir Shodmonov bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida muvaffaqiyat tilab, ularning har biri o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga ishonch bildirdi.

Slide 1 of 4