Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati O‘roqboyev Yigitali Azamovichning o‘z saylov okrugidagi o‘rganishlari hududiy infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir.
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Nishanov Xusniddin O‘ralovich (17-Elobod saylov okrugi) "Elobod" mahallasida mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
🏥 Deputat nazorati: Changal mahallasidagi tibbiy xizmat sifati diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
⚡️ Deputatlar xalq ichida: Kichik Kildonda mahallasida transformator va ustunlar masalasi o‘rganildi
янв.21
🏛Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi kotibiyati hamda "Madad" NNT o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
янв.21
“Firibgarlikdan saqlaning” targ‘ibot aksiyasi doirasida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida Mingtepa yoshlari o‘rtasida uchrashuv
янв.21
📌 Bulung‘ur tumani Kattaqishloq mahallasidagi 5-oilaviy poliklinikada aholiga yaratilgan tibbiy xizmat sharoitlari tuman Kengashi deputati tomonidan o‘rganildi
янв.21
📌 SAYYOR QABULDA KO‘TARILGAN MASALALAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi VII sessiyasi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi VII sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibida 9 ta masala ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2025-yil 28-fevraldagi “2025-yilda Boysun tumanida “Zarbdor” tajribasi asosida sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi loyihalar ishlab chiqish hamda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi VII-6-26-8-110-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarorining tumandagi ijrosi haqida”gi VII-5-21-8-110-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438-son qarorining tumandagi ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.

“Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga oid masalani ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 2-avgust kunidagi KQ-791-IV-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevral kunidagi KQ-102-V-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

Boysun tumanida 2025-yilning birinchi mavsumida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida tuman bo‘yicha eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalarni g‘olib deb topish va moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida.

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2024-yil yakuniga ko‘ra tumanda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan hisobotini eshitish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy Kengashning “Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzalaridan kelib chiqib, tumanda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 24 fevraldagi “Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashlari kotibiyatlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-101-V-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.

Boshqa masalalar.

Slide 1 of 10