Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🍱 Bog‘chalarda autsorsing xizmati: Sifat va nazorat deputat e’tiborida
янв.21
🛡 "FIRIBGARLIKDAN SAQLANING" TARG‘IBOT AKSIYASI
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati O‘roqboyev Yigitali Azamovichning o‘z saylov okrugidagi o‘rganishlari hududiy infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir.
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Nishanov Xusniddin O‘ralovich (17-Elobod saylov okrugi) "Elobod" mahallasida mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
🏥 Deputat nazorati: Changal mahallasidagi tibbiy xizmat sifati diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
⚡️ Deputatlar xalq ichida: Kichik Kildonda mahallasida transformator va ustunlar masalasi o‘rganildi
янв.21
🏛Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi kotibiyati hamda "Madad" NNT o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
янв.21
“Firibgarlikdan saqlaning” targ‘ibot aksiyasi doirasida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida Mingtepa yoshlari o‘rtasida uchrashuv
янв.21
📌 Bulung‘ur tumani Kattaqishloq mahallasidagi 5-oilaviy poliklinikada aholiga yaratilgan tibbiy xizmat sharoitlari tuman Kengashi deputati tomonidan o‘rganildi
Yangi O‘zbekistonda - kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish Xalq deputatlari Buxoro shaxar Kengashi deputatlarining asosiy, ustuvor vazifasidir.

 Buxoro shahridagi Bahouddin Naqshband mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari
Buxoro shahar kengashi deputatlari
aholi
bilan muloqotda bo‘ldi. Unda MFYda
mavjud muammolar o‘rganildi. 

Xususan, Bahouddin Naqshband mahallasida bo‘lgan xalq bilan muloqot
jarayonida
shahar Kengashi
deputatlari
hududdagi 43-maktab binosida kambag‘al oilalar farzandlari uchun bepul repititorlik kurslarini
tashkil etishda
bosh-qosh bo‘lish tashabbusi bilan chiqdi. Shuningdek, mazkur
MFYda asosan subsidiyaga olingan uy-joylar
mavjudligi bois aholining bu
boradagi
savollariga javob berishi
uchun
mahalla binosida jamoatchilik
asosida ishlaydigan
psixologni jalb
etish ,
mahalla yoshlari chet tillarini o‘rganishi uchun o‘quv markazi va kutubxona tashkil
etish bo‘yicha ham aholidan tushgan murojaatlar
e’tiborga olinadigan bo‘ldi. 

Bundan tashqari, hududdagi bozorchada savdo
qiladigan
qishloq dehqonlari uchun
yengil konstruksiyali do‘konlar tashkil etish masalasi ham
deputatlar nazoratiga olindi. 

So‘ngra, mazkur mahalladagi oilaviy poliklinikada
fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, kommunal
xizmatlarga oid amalga oshirilayotgan ishlar
muhokama qilindi.  

Shuningdek, “Bahovuddin Naqshband ”MFYda mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan
ishlar ahvoli o‘rganilib, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ro‘yxatiga
kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli o‘rganishlar
o‘tkazish, mazkur oilalarning ishsiz va yordamga muhtoj a’zolari bilan
suhbatlar o‘tkazilib, ularni daromadli qilish, ijtimoiy iqtisodiy yordamlar
ko‘rsatish bo‘yicha har bir oila kesimida individual rejalar tuzib, zarur
choralar ko‘rish yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
 

Buxoro shahar B.Naqishband MFYda istiqomat qiluvchi
Ismoilov Asliddin Novvoyxonasi bilan yaqindan tanishilib tadbirkorga o‘zining
yo‘nalish sohasi qiyinchiliklari va ushbu faoliyatida davlatimiz tomonidan har
taraflama shart-sharoitlar yaratilayotganligi va huquqlari
kafolatlanayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar.
  

Slide 1 of 5