Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Deputat o‘z saylov okrugidagi korxona faoliyati bilan tanishdi
янв.21
📌 Deputat tez tibbiy yordam shoxobchasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
📌 Deputat mahalladagi hokim yordamchisi bilan birgalikda tadbirkorlik loyihasi bilan tanishdi
янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 28- sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
TA’LIM VA TARBIYANI BIR-BIRIDAN AJRATIB BO‘LMAYDI
янв.21
🍱 Bog‘chalarda autsorsing xizmati: Sifat va nazorat deputat e’tiborida
янв.21
🛡 "FIRIBGARLIKDAN SAQLANING" TARG‘IBOT AKSIYASI
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati O‘roqboyev Yigitali Azamovichning o‘z saylov okrugidagi o‘rganishlari hududiy infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir.
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Nishanov Xusniddin O‘ralovich (17-Elobod saylov okrugi) "Elobod" mahallasida mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
🏥 Deputat nazorati: Changal mahallasidagi tibbiy xizmat sifati diqqat markazida
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi davr boshlanmoqda

Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi davr boshlanmoqda
Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan yangi qonun bilan mahalliy vakillik organlari boshqaruviga samarali mexanizmlar joriy etilmoqda. Islohotlarning bosh maqsadi — “Kuchli Kengash – hisobdor hokim” tamoyilini hayotga tatbiq etishdir.

Asosiy o‘zgarishlar:
Yangi lavozim: Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etilib, u Kengash kotibiyatiga ham rahbarlik qiladi.

Uzluksiz faoliyat: Kengash rahbariyati va partiya guruhlaridan iborat Kengash Rayosati tashkil etiladi.

Tezkor nazorat: “Kengash soati” orqali deputatlar aholi muammolari bo‘yicha mutasaddilardan tezkor javob olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ushbu yangiliklar hududiy muammolarni hal etishda Kengashlar rolini oshirish va davlat hokimiyatida o‘zaro muvozanatni mustahkamlashga xizmat qiladi.