Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM VA TARBIYANI BIR-BIRIDAN AJRATIB BO‘LMAYDI
янв.21
🍱 Bog‘chalarda autsorsing xizmati: Sifat va nazorat deputat e’tiborida
янв.21
🛡 "FIRIBGARLIKDAN SAQLANING" TARG‘IBOT AKSIYASI
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati O‘roqboyev Yigitali Azamovichning o‘z saylov okrugidagi o‘rganishlari hududiy infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir.
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Nishanov Xusniddin O‘ralovich (17-Elobod saylov okrugi) "Elobod" mahallasida mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
🏥 Deputat nazorati: Changal mahallasidagi tibbiy xizmat sifati diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
⚡️ Deputatlar xalq ichida: Kichik Kildonda mahallasida transformator va ustunlar masalasi o‘rganildi
янв.21
🏛Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi kotibiyati hamda "Madad" NNT o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
янв.21
“Firibgarlikdan saqlaning” targ‘ibot aksiyasi doirasida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida Mingtepa yoshlari o‘rtasida uchrashuv
Bayramga yana bir tuxfa

 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga tuxfa sifatida, tumanning Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh eng olis "G‘ayrat" mahallasi yettiligi yangi, zamonaviy arxetuktura talablari asosida bunyod etilgan binoga ko‘chib o‘tishdi. 

Binoning ochilishda so‘zga chiqganlar, davlatimiz rahbarininig mahalla institutini rivojlantirish, mahallaga
berayotgan e’tibori va yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirib, amalga oshirilayotgan islohotlardan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.
Mustaqillik bayramiga haqiqiy sovg‘a bo‘lgan bu voqelik ortida ancha mehnat, harakatlar, intilishlar borligini, bo‘lganini hamma ham bilavermaydi.  

Agar, qiziqish, yurakdan intilish bo‘lmasa natija chiqmaydi. Tumanda bir qator mahalla va ko‘chalar jonkuyarlarning, ilg‘or fikrli, tushunchali, zamon bilan baravar qadam tashlayotgan faollari "Tashabbusli byudjet" nima ekanini allaqachon anglab yetganlar. Shu bois ham bu harakatga ko‘zlari yetib, odamlarni bir yoqadan bosh chiqarib ahil bo‘lishga undab, ishning uddasidan chiqdilar. Katta davlat sarmoyasiga ega bo‘lib, bunyodkorliklarga qo‘l urishdi. Ularga ko‘pchilik havas qiladilar. "Gayrat"da bo‘lib o‘tgan tadbir yakunida tuman hokimi Hikmatillo Latipov tashkilotchi yigitni tanib qolib, unga katta raxmatlar aytdi. Chunki jonkuyar qishloq yigiti qishlog‘ini yaxshi ko‘radi. Uni obod, ko‘rkam bo‘lishini orzu qilgan. Kindik qoni to‘kilgan ona qishlog‘ining zamonaviy bo‘lishi, yo‘l va ko‘priklar, binolari, aholiga xizmat ko‘rsatadigan ob’еktlari zamonaviy bo‘lishini, boshqa joylardagidan kam bo‘lmasligini istagan. Shu hudud hokim yordamchisi, tuman Kengashining deputati Guljaxon Усманова bunday yoshlarni atrofiga birlashtirib
katta, xayrli ishlarni amalga oshirmoqda o‘z qishlog‘ida. Qani endi hamma ham shunday fidoyi bo‘lsa... Tadbirda xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlarining bir guruxi ishtirok etdilar.
  

Slide 1 of 9