Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM VA TARBIYANI BIR-BIRIDAN AJRATIB BO‘LMAYDI
янв.21
🍱 Bog‘chalarda autsorsing xizmati: Sifat va nazorat deputat e’tiborida
янв.21
🛡 "FIRIBGARLIKDAN SAQLANING" TARG‘IBOT AKSIYASI
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati O‘roqboyev Yigitali Azamovichning o‘z saylov okrugidagi o‘rganishlari hududiy infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir.
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Nishanov Xusniddin O‘ralovich (17-Elobod saylov okrugi) "Elobod" mahallasida mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
🏥 Deputat nazorati: Changal mahallasidagi tibbiy xizmat sifati diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
⚡️ Deputatlar xalq ichida: Kichik Kildonda mahallasida transformator va ustunlar masalasi o‘rganildi
янв.21
🏛Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi kotibiyati hamda "Madad" NNT o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
янв.21
“Firibgarlikdan saqlaning” targ‘ibot aksiyasi doirasida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida Mingtepa yoshlari o‘rtasida uchrashuv
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining navbatdagi 71-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

✅ Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining navbatdagi yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

✅ Sessiyani tuman hokimi, Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi raisi Ikrom Matiyev boshqarib bordi.

✅ Dastlab sessiyada Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

✅ Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Farruh Shomurodov axborot berdi.

✅ Shundan so‘ng tuman prokurori Ikrom Narziyevning “O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonuniga asosan tuman prokurorining 2024-yil 2-choragi davomidagi faoliyati, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan”, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Qahramon Nazarovning O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, tuman ichki ishlar bo‘limining 2024-yil 2-choragi davomidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari ham eshitilib, muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, sessiyada tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshev “Forish tumanida 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti holati, majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasni bajaruvchi Bobir Umarov majburiy ijro byurosi tuman bo‘limining 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berishdi.

✅ Deputatlar sessiyada Forish tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bolalarni himoya qilish sho‘basi tomonidan 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Obid Hakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat zaxirasida turgan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish haqida tuman hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Komiljon Karimovlarning axborotlarini ham eshitib, muhokama qilishdi.

✅ Sessiyada tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida axborot berdi.

✅ Sessiyada kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10