Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🍱 Bog‘chalarda autsorsing xizmati: Sifat va nazorat deputat e’tiborida
янв.21
🛡 "FIRIBGARLIKDAN SAQLANING" TARG‘IBOT AKSIYASI
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati O‘roqboyev Yigitali Azamovichning o‘z saylov okrugidagi o‘rganishlari hududiy infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir.
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Nishanov Xusniddin O‘ralovich (17-Elobod saylov okrugi) "Elobod" mahallasida mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
🏥 Deputat nazorati: Changal mahallasidagi tibbiy xizmat sifati diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
⚡️ Deputatlar xalq ichida: Kichik Kildonda mahallasida transformator va ustunlar masalasi o‘rganildi
янв.21
🏛Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi kotibiyati hamda "Madad" NNT o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
янв.21
“Firibgarlikdan saqlaning” targ‘ibot aksiyasi doirasida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida Mingtepa yoshlari o‘rtasida uchrashuv
янв.21
📌 Bulung‘ur tumani Kattaqishloq mahallasidagi 5-oilaviy poliklinikada aholiga yaratilgan tibbiy xizmat sharoitlari tuman Kengashi deputati tomonidan o‘rganildi
Navoiyda yana bir ezgu tashabbus: Oltin vodiy mahallasida 80 tup manzarali daraxt ekildi

Navoiyda yana bir ezgu tashabbus: Oltin vodiy mahallasida 80 tup manzarali daraxt ekildi

Navoiy shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Shaharning turli hududlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik tadbirlari aholi uchun qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda. Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati F. Qurbonov tomonidan ilgari surildi.

Deputat Oltin vodiy MFY hududiga tashrif buyurib, mahallani yanada obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ko‘p qavatli uylar atrofi infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Tashrif davomida hududdagi mavjud sharoitlar o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Homiylik asosida mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofiga ekish uchun 80 tup manzarali daraxt ko‘chatlari olib berildi. Ushbu ko‘chatlar hududning iqlim sharoitiga mos, tez parvarishlanadigan va atrof-muhitni tozalashda samarali bo‘lgan navlardan tanlab olindi. Mutaxassislar tavsiyasi asosida daraxt ekish joylari belgilab olinib, ekish jarayonlari tartibli ravishda tashkil etildi.

Mazkur tashabbus nafaqat hudud ko‘rkini yanada chiroyli qilish, balki ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, havoning tozaligini ta’minlash hamda yozning issiq kunlarida salqin maskanlar yaratishga xizmat qiladi. Yashil maydonlarning kengayishi aholi salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, farzandlar uchun xavfsiz va qulay o‘yin maydonlari shakllanishiga ham zamin yaratadi.

Mahalla raisi hamda faollar ushbu ezgu ishni faol qo‘llab-quvvatlab, daraxt ko‘chatlarini ekish jarayonida bevosita ishtirok etdilar. Aholining hamjihatligi va tashabbuskorligi tufayli ko‘chat ekish ishlari qisqa muddatda, uyushqoqlik bilan amalga oshirildi. Kelgusida ekilgan daraxtlarni parvarishlash, sug‘orish va asrab-avaylash ishlari ham mahalla ahli tomonidan nazoratga olinishi belgilandi.

Bunday obodonlashtirish tadbirlari mahallalarda ijobiy muhitni mustahkamlash, aholining birdamligini kuchaytirish va fuqarolarning o‘z yashash hududiga daxldorlik hissini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, bu kabi tashabbuslar yosh avlod qalbida tabiatga mehr va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.

Navoiy shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Bu esa shahar qiyofasini yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga olib chiqish, aholining farovon hayotini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Slide 1 of 4