Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 28- sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
TA’LIM VA TARBIYANI BIR-BIRIDAN AJRATIB BO‘LMAYDI
янв.21
🍱 Bog‘chalarda autsorsing xizmati: Sifat va nazorat deputat e’tiborida
янв.21
🛡 "FIRIBGARLIKDAN SAQLANING" TARG‘IBOT AKSIYASI
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati O‘roqboyev Yigitali Azamovichning o‘z saylov okrugidagi o‘rganishlari hududiy infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir.
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Nishanov Xusniddin O‘ralovich (17-Elobod saylov okrugi) "Elobod" mahallasida mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
🏥 Deputat nazorati: Changal mahallasidagi tibbiy xizmat sifati diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
⚡️ Deputatlar xalq ichida: Kichik Kildonda mahallasida transformator va ustunlar masalasi o‘rganildi
янв.21
🏛Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi kotibiyati hamda "Madad" NNT o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
“Konstitutsiya– inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan hududlarda qator ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 5-dekabr kuni tuman Kengashi deputati B.Kurbanov Muzrabot tuman politexnikumida, deputat S.Nurmahmatov Al-Hakim at-Termiziy mahallasida joylashgan 31-maktabda va deputat B.Mahammadiyeva tuman adliya bo‘limi xodimlari uchun “Konstitutsiya-erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari davomida deputatlar tadbir ishtirokchilariga konstitutsiyamiz haqida ma’lumot berdilar. Har bir xalqning tarixida uning taqdirini belgilab beradigan muhim hujjatlar bo‘ladi.

O‘zbekiston xalqi uchun bunday hujjat bu Konstitutsiyadir. Zero, Konstitutsiya nafaqat davlatning Bosh qonuni, balki butun jamiyatning ma’naviy poydevori, inson qadri va huquqlarining ishonchli kafolati sifatida e’tirof etiladi.

Slide 1 of 7