Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 24- sessiyasini chaqirish kunini o'zgartirish haqida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
#munosabat
янв.21
📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 25-dekabr kuniga tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi
янв.21
Konstitutsiya-shaxs daxlsizligining kafolatidir
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining 21-sessiyasi chaqirildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik amal qiladi.
янв.21
Konstitutsiya — davlatning mustahkam tayanchi
янв.21
Inson-eng oliy qadriyat!
янв.21
🏗 Davlat dasturi ijrosi deputatlar na’zoratida
DEPUTATLIK FAOLIYATI

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati Mazluma Kenjaeva “Oriyat” MFYda mahalla faollari ishtirokida “Oilaviy qadriyatlarni saqlash va ajrimlarning sabab va oqibatlari” va “To‘ylar va boshqa marosimlarni tartibga solish” mavzularida
o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etdi. Deputat ushbu yig‘ilishda kun tartibidagi mavzular bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi. Jumladan, o
ilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, xonadonlardagi sog‘lom ma’naviy muhitni asrab-avaylash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Shuningdek, to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazish tartibi bo‘yicha ham fikrlarini aytib o‘tdi. Nuroniylarimiz “Topganing to‘ylarga buyursin!” deb duo qiladi. To‘y bilan bog‘liq chiroyli urf-odatlarimiz azal-azaldan shakllanib kelgan va bu ezgu qadriyat xalqimizning boy ma’naviy merosi, madaniyati darajasiga ko‘tarilgan. Ammo keyingi paytlarda dabdababozlik, manmanlik, kim o‘zarga to‘y qilish, katta isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish kabi ortiqcha illatlar, turli odamlar tomonidan o‘ylab topilib, joriy etilayotgani va qadriyatlarimizga mutlaqo mos kelmaydigan urf-odatlar avj olayotgani dilni xira qiladi.

Binobarin, to‘y – bir kishining shaxsiy ishi bo‘lmay, u keng jamoatchilik tashabbusi va ishtiroki bilan o‘tadigan tantana. Shuning uchun to‘ylarni zamon talabi darajasiga ko‘tarish doimo muhim hisoblanadi. Va, albatta, to‘ylarni o‘ziga xos bayram tarzida tashkil etish, har tomonlama tartibga solish, ixchamlashtirish, ayniqsa, badiiy jihatdan boyitish hozirgi davr – Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning dolzarb talabidir.

Slide 1 of 5