Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🍱 Bog‘chalarda autsorsing xizmati: Sifat va nazorat deputat e’tiborida
янв.21
🛡 "FIRIBGARLIKDAN SAQLANING" TARG‘IBOT AKSIYASI
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati O‘roqboyev Yigitali Azamovichning o‘z saylov okrugidagi o‘rganishlari hududiy infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir.
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Nishanov Xusniddin O‘ralovich (17-Elobod saylov okrugi) "Elobod" mahallasida mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
🏥 Deputat nazorati: Changal mahallasidagi tibbiy xizmat sifati diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
⚡️ Deputatlar xalq ichida: Kichik Kildonda mahallasida transformator va ustunlar masalasi o‘rganildi
янв.21
🏛Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi kotibiyati hamda "Madad" NNT o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
янв.21
“Firibgarlikdan saqlaning” targ‘ibot aksiyasi doirasida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida Mingtepa yoshlari o‘rtasida uchrashuv
янв.21
📌 Bulung‘ur tumani Kattaqishloq mahallasidagi 5-oilaviy poliklinikada aholiga yaratilgan tibbiy xizmat sharoitlari tuman Kengashi deputati tomonidan o‘rganildi
O‘zLiDeP deputatlik guruhi eshituvi bo‘lib o‘td

O‘zLiDeP deputatlik guruhi eshituvi bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Uzun tuman Kengashi deputatlik guruhi hamda tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari F.Norqulova ishtirokida o‘tkazilgan eshituvda “Hududgazta’minot” AJ Uzun tuman hududiy filiali tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. 

Eshituvda O‘zLiDeP partiya saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar, 2025-yilda rejalashtirilgan chora-tadbirlar xususida ham fikr bildirdi. 

Shundan so‘ng, deputatlarga “Hududgazta’minot” AJ Uzun tuman hududiy filiali 2025-yil 1-chorak davomida qanday ishlarni amalga oshirgani haqida ma’lumotlar taqdim qilindi. Jumladan, tabiiy gaz bo‘yicha mavjud qarzdorlikni kamaytirish, aholi xonadonlariga reduktor qurilmasini o‘rnatish, gaz ta’minotini yaxshilash borasida qilingan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Deputatlar tomonidan filial vakiliga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va uchrashuvlarda aholi tomonidan ko‘tarilgan gaz ta’minotiga oid muammolar masalasi o‘rtaga tashlanib, muhokama qilindi.