Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati O. Eshonxo‘jayev tomonidan Jomiy mahallasida faoliyat yuritayotgan tikuv sexi faoliyati o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilayotgani, ularning bandligini ta’minlash hamda kasb-hunarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
✔️Shuningdek, tikuvchilik yo‘nalishini yanada rivojlantirish, mahalladagi ishsiz xotin-qizlarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati doirasida amalga oshirilmoqda.