Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Yoshlar #masalalari #etiborda
янв.21
#Buloqboshi #DeputatFaoliyati #Qaqir #QonunTargiboti #OilaviyTotuvlik #Profilaktika #HuquqiySavodxonlik
янв.21
#DEPUTAT_SAYLOVCHILARGA_AXBOROTI
янв.21
#KENGASH #RAISINING #FARMOYISHI
янв.21
#BuloqboshiKengashi #QonunTargiboti #BolalarHuquqlari #HuquqiySavodxonlik #DeputatFaoliyati #HuquqbuzarliklarProfilaktikasi
янв.21
#SaylovchilarBilanUchrashuv #DeputatFaoliyati #IjtimoiyMasalalar
янв.21
#Buloqboshi #XalqDeputatlari #DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati #eKengash
янв.21
#162Qonun #Voyaga #yetmaganlarga #nisbatan #sodir #etiladigan #jinsiy #zórovonliklarga #oid #qonun #tarğiboti
янв.21
#Buloqboshi #DoimiyKomissiya #Tadbirkorlik #BiriktirilganTashkilot #IqtisodiyIslohotlar #DeputatFaoliyati
янв.21
#Buloqboshi #DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati #MahallaYettiligi #IjtimoiyHimoya #AmaliyYordam
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli K.Djumabayevaning O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, shuningdek, oilaviy nizolar va tazyiq hamda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilindi.

 Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada jami 3 586 nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Joriy yilning o‘tgan davrida ishsiz bo‘lgan 24 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan. Bu boradagi ishlar ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish va daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishga qaratilgan.

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarni himoya qilish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ehtiyojdan kelib chiqib, 14 nafar xotin-qizga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan. Bunday choralar xotin-qizlarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va takroriy tazyiq holatlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3