Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ÓzLiDeP #BuloqboshiDeputatlari #SayyorQabul #XalqBilanMuloqot #FuqarolarMurojaati #AmaliyYordam
янв.21
#Buloqboshi #Deputat #Qashqar #Uchrashuv #Bandlik162qonun #MurojaatIjobiyYechim
янв.21
#Sifatli_yól_havfsiz_harakat
янв.21
#Buloqboshi #XalqDeputatlari #FuqarolarMurojaati #AmaliyYordam #OilaVaXotinQizlar
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 23-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
#Buloqboshi_tumani_Kengashi #162_qonun #Qonunchilik #O_Matgoziyev
янв.21
#BuloqboshiKengashi #YoshlarTarbiya #MaNaviyMarifiyTadbir #YotGoyalargaQarshi #YoshlarKelajagimiz #Targibot #InsonQadriUchun
янв.21
#Buloqboshi #Deputat #15QashqarOkrug #D_Turganova #IjtimoiyReestr #Xonadonbay #XalqbilanMuloqot #InsonQadri #Mahalla
янв.21
#KengashIshReja #Buloqboshi #Farovon #MIsmoiliy #MahallaYettiligi #Organish #HududlarRivoji #XalqBilanMuloqot
янв.21
#Buloqboshi_tumani_Kengashi #162_qonun #Qonunchilik #M_Toshtemirov
#Deputat_o‘rganishi #Biriktirilgan_tashkilot_bilan_hamkorlik YOSHLAR SIYOSATINI SAMARALI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI



❇️ Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 21-Sharof Rashidov saylov okrugidan saylangan deputat Ra’no Fozilova tomonidan biriktirilgan Chinoz tumani Yoshlar ishlari bo‘limining faoliyati o‘rganildi.

✍️ O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📚 Jumladan, bo‘lim rahbari Lazizjon O‘tkirov boshchiligida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar o‘rtasida turli loyihalar va tadbirlarni tashkil etish, muammoli yoshlar bilan manzilli ishlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

✅ Shuningdek, deputat va Yoshlar ishlari bo‘limi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, yoshlarning murojaatlarini muntazam o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📋 O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4