Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
янв.21
Murojaatnomaga munosabat.
янв.21
“Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Harbiy xizmatdagi askarlar bilan videomuloqot tashkil qilindi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumanida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashini navbatdagi 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputati E.Adilov tumandagi 10-umumta’lim maktabida “Bilimlar bellashuvi” tadbirida bo‘ldi.
“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”

 “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” 

  

Yurtboshimiz
tashabbuslari bilan 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb
nomlangani bejiz esa. Ushbu yilda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”
davlat dasturi ham ishlab chiqilgan. Bularning barchasi faqat va faqat INSON
QARDI uchun ekanligini barchamiz qalban his qilmoqdamiz.
 

“Insonga
e’tibor va sifatli ta’lim yili” munosabati bilan hududlarda Parlament nazorati
va o‘rganishlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi
deputati U.Jabborov, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari
F.Mirzayev, O.Dadajonova va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
xodimlari bilan birgalikda tumanning Oqbilol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
joylashgan 56-sonli umumta’lim maktabida o‘rganishlar o‘tkazilib, maktab hozirda
ta’mirga yoki undanda yaxshisi qayta qurish holatida ekanligi ta’kidlandi.
 

O‘rganishlar
davomida deputatlari tumanning Yuqori archa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
bo‘lib, mahalladagi yangi qurib bitkazilgan 14-umumta’lim maktabi filialini
ko‘zdan kechirib, aholi bilan davra suhbati o‘tkazdilar. Suhbat davomida
hududda istiqomat qiluvchi faxriylar ayni damda mahalla ahli muxtojlik his
qilayotgan kelajagimiz bo‘lmish bolajonlar uchun maktabgacha ta’lim muassasasi
hamda qishloq tibbiyot punkti ekanligini aytib, murojaat qildilar.
 

O‘rganishlar
natijasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi deputati
U.Jabborov “Parlament so‘rovi” chiqarilishi lozimligini aytib o‘tdilar, hamda
bu borada qo‘lidan kelganicha harakat qilishga va’da berdi.
 

Tuman
Kengashi deputatlari ham o‘rganilgan murojaatlarni tuman miqiyosida hal
qilishda tuman mas’ullariga “Deputatlik so‘rovi” chiqarish bo‘yicha kelishib
olindi.
 

Saylovchilarimizdan
bizni qo‘llab-quvvatlashlarini va buning uchun Hurmatli Prezidentimiz Sh.
Mirziyoyevni, tuman hokimi X.Inomov va hech jamoatchilik asosida faoliyat olib
borayotgan deputatlarimizni duo qilib turishlari so‘raldi.
 

  

Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayev
  

Slide 1 of 1