35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Buloqboshi_tumani_Kengashi #162_qonun #Qonunchilik #O_Matgoziyev
янв.21
#BuloqboshiKengashi #YoshlarTarbiya #MaNaviyMarifiyTadbir #YotGoyalargaQarshi #YoshlarKelajagimiz #Targibot #InsonQadriUchun
янв.21
#Buloqboshi #Deputat #15QashqarOkrug #D_Turganova #IjtimoiyReestr #Xonadonbay #XalqbilanMuloqot #InsonQadri #Mahalla
янв.21
#KengashIshReja #Buloqboshi #Farovon #MIsmoiliy #MahallaYettiligi #Organish #HududlarRivoji #XalqBilanMuloqot
янв.21
#Buloqboshi_tumani_Kengashi #162_qonun #Qonunchilik #M_Toshtemirov
янв.21
#HAFTALIK_DAYJEST
янв.21
#Ilk_qónğiroq_sadolari_yangradi!
янв.21
#deputat_nazorati #Oʻrganish #murojaatga_yechim #kunlik_ish_reja
янв.21
#Buloqboshi #20Maktab #SharqYulduzi #YangiOquvYili #DeputatTashrifi
янв.21
#Buloqboshi #Xalq_deputatlari #Xonadonbay #Deputat_faoliyati #Aholi_murojaatlari
Quyitosh mahallasida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Navbatdagi profilaktik uchrashuv “Quyitosh” mahallasida o‘tkazilib, unda Sardoba tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik B. Sanayev, Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G. Absatova hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida, avvalo, o‘g‘rilik, xususan, chorva mollari o‘g‘riligining oldini olish, mol-mulkni qarovsiz qoldirmaslik hamda fuqarolarning shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya etishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kibermaydonda sodir etilayotgan firibgarliklarning oldini olish, shaxsiy va bank ma’lumotlarini begona shaxslarga bermaslik, tasdiqlash kodlarini oshkor qilmaslik hamda shubhali havolalarga kirmaslik yuzasidan aholiga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida fuqarolarni hushyorlikka, qonunbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Slide 1 of 1