Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Toshtemirov Murotbek Sanoat va to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Yangi O‘zbekiston qiyofasi kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Ajrim yoqasidagi oilalar taqdiri – e’tibor markazida”
янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
янв.21
Murojaatnomaga munosabat.
янв.21
“Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Harbiy xizmatdagi askarlar bilan videomuloqot tashkil qilindi
Mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari bilan hamkorlik kuchaymoqda

Unda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi aʼzolari va Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, Qo‘mita ekspertlari, mahalliy Kengashlarning korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari, kotibiyat mudirlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Samarqand viloyat studiyasidan viloyat, shahar va tuman Kengashlarining doimiy komissiya raislari va kotibiyat mudirlari ishtirok etishdi.

Mahalliy Kengashlarni tizimlashtirish va funksiyalarini kengaytirish maqsadida ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini ilgari surish yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

Mahalliy vakillik organlarining tashkiliy-huquqiy asoslari mustahkamlandi. Ularning doimiy asosda faoliyat yurituvchi kotibiyatlari tashkil etildi. Doimiy komissiyalar Oliy Majlis Senati qo‘mitalariga uyg‘un tarzda qayta shakllantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF–28-sonli Farmoni bilan ijro etuvchi hokimiyatning jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishga oid 33 ta funksiya va vakolatlari mahalliy Kengashlarga o‘tkazilganligi qayd etildi.

Seminar doirasida mahalliy Kengashlarning korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari mahalliy Kengash sessiyasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, “yo‘l xaritalari”, mahalliy Kengash qarorlari ijrosini o‘rganishi kabi masalalar yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

https://t.me/sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 5