Yangiliklar

Navbatdagi sessiya oldidan muhim masala yuzasidan o‘rganish olib borildi

Navbatdagi sessiya oldidan muhim masala yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K. Abdullayeva tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining tumandagi ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish ishlari Termiz tumanining Uchqizil mahallasida olib borilib, mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi joyida ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, masalani navbatdagi sessiyada atroflicha muhokama qilish uchun zarur ma'lumotlar jamlandi.

Slide 1 of 4