📌 Saylovchilar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan "G‘ambur" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va dolzarb muammolar bevosita joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan muhokamalar olib borilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
🤝 Shuningdek, har bir murojaat ijrosi nazoratga olinib, mas'ul tashkilotlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
✅ Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.