Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
янв.21
Murojaatnomaga munosabat.
янв.21
“Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Harbiy xizmatdagi askarlar bilan videomuloqot tashkil qilindi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumanida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashini navbatdagi 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputati E.Adilov tumandagi 10-umumta’lim maktabida “Bilimlar bellashuvi” tadbirida bo‘ldi.
Xalq deputatlari So‘x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

     So‘x tuman Madaniyat bo‘limining majilislar zalida Xalq deputatlari So‘x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq oltmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari “beshligi”, umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari va pedagogik jamoalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyaga muhokama etish uchun qo‘yidagi masalalar qo‘yildi:

1. 2023 yil 30-aprel kuniga belgilangan Referendumni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tumandagi Referendum o‘tkazuvchi uchastka tarkibini
tasdiqlash to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31-yanvar 2023 yildagi PQ-39 qarorining 5/4-bandiga asosan dasturlar ijrosini, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

Sesiya kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala yuzasidan tuman hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi Ibrohimjon Axmatov so‘zga chiqib, tumanda tashkil etilgan Referendum o‘tkazuvchi uchastkalar tarkibini sessiya ishtirokchilariga tanishtirdi. Tashkil etilgan har bir Referendum uchastkalari a’zolari va tarkibi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Ikkinchi masala yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Tojiboev ma’ro‘za qildi va o‘z so‘zida tumanda masala bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan sessiya yakunlandi.

Slide 1 of 1