✅ Muloqotda mahalla xotin-qizlarining muammolarini hal etish, huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ayollar huquqiy savodxonligini oshirish, ishsiz ayollar bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlikni boshlashda yordam berish, reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etishni targ‘ib qilish va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish borasida mushohadalar qilindi.
✅ Muammoli oilalar bilan ishlash, shuningdek mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Mazkur o‘rganishlar xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonun ijrosini ta’minlash hamda murojaatlarga manzilli yechim topish maqsadida davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi