Himoya jarayonlarida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Nasimov Dilmurod ham ishtirok etib, talabalarning ilmiy izlanishlari, mahalla tizimi va hududlarni rivojlantirishga qaratilgan taklif hamda tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.
Bitiruv malakaviy ishlari yosh mutaxassislarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, mahalla va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy yondashuvlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha bitiruvchi talabalarga himoya jarayonlarida muvaffaqiyat, kelgusi faoliyatlarida esa ulkan zafar va yuksak marralar tilaymiz!