Jizzax Politexnika institutida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvoxidovning tumanimizdan bo‘lgan OTM bitiruvchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, tadbirkorlik imkoniyatlari hamda yoshlarni amaliy faoliyatga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida yoshlarning murojaatlari tinglandi va amaliy yechimlar berildi.
Chamanzor mahallasidan Asqarov Dilshodning musiqa va madaniyat yo‘nalishida ish topish bo‘yicha murojaati joyida hal etilib, Paxtakor tuman Madaniyat markaziga ishga joylashtirildi.
Buyuk Ipak yo‘li mahallasida yashovchi Murodova Sevaraning “Paxtakor Textil” korxonasida ishlash bo‘yicha murojaati yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.