Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar nazorati.Tuman markazidagi bolalar hiyoboni o‘rganildi.
янв.21
HAFTALIK DAYJEST
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 1-5-IYUN KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat tashabbusi hamkorlik samarasi
янв.21
✅ 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Buloqboshi tumanidagi 10-umumta’lim maktabida haqiqiy quvonch va tabassum ayyomi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
Deputatlik nazorati: “24-tavsiya” ijrosi amalda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normurodova, shahar Kengashi deputatlari B.Rahmatullayev, S.Xodjayev, I.Tangirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov shahardagi “Manguzar” mahallasida bo‘lib, hududdagi ko‘p qavatli uylarning holati yuzasidan o‘rganish olib bordilar.

Nazorat tadbiri davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrof hududlarning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari hamda tashqi yoritish tizimining ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hudud obodligi, aholi uchun yaratilgan yashash sharoitlari va boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, yoritish tizimlarini yaxshilash hamda aholi uchun munosib va xavfsiz yashash muhitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6