Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat tashabbusi hamkorlik samarasi
янв.21
✅ 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Buloqboshi tumanidagi 10-umumta’lim maktabida haqiqiy quvonch va tabassum ayyomi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
Deputat qabuli: Fuqarolar murojaatlari joyida hal etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 11-«O‘rmonbog‘» saylov okrugi deputati N.Shomatov «Mo‘yi-muborak» mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar qabuli o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Jumladan, fuqaro Z.Xalilova oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalada, fuqaro A.Soliyeva esa mahalla infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan o‘z murojaatini yo‘lladi.

Deputat, mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda murojaatlarni atroflicha o‘rganib chiqdi hamda ularni hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi.

Natijada fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy yechimlar ishlab chiqilib, murojaatchilarning talablari qanoatlantirildi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va ularning muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1