Unda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari Yu.Hakimov va A.Mamatmuratov, shuningdek, mahalla nuroniylari ishtirok etdilar.
Deputatlik nazorati davomida “Qoratepa” mahallasida mazkur qaror ijrosining borishi, kambag‘allikni qisqartirish, aholi farovonligini oshirish hamda nuroniylarning ushbu jarayonlardagi ishtiroki o‘rganildi. Mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Tadbir davomida aholi bilan muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz