Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Muborak tuman Kengashi vakillari hamda xalq deputatlari Muborak tuman Kengashi kotibiyat mudiri A,Qurbonov, kotibiyat bsh mutahassislari T.Avezov, D.Kenjayeva hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hududlarni rivojlantirish, aholi murojaatlarini hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. XDP faoliyati ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar manfaatlarini ifodalash va himoya qilishga qaratilgan.
🤝Uchrashuv davomida partiya va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, saylovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda dolzarb masalalarga yechim topish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.