Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Kenjayeva hamda 2-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O. Abdiyevalar tomonidan “Yoshlik” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.
📱 O‘rganish davomida hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📱 Shuningdek, mahalladagi kriminogen vaziyat, ayniqsa hududda jinoyatchilikni bartaraf etish, muammoli oilalar va nazoratdagi shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar holati atroflicha o‘rganildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, hududda osoyishtalikni mustahkamlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.