⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
📌 Aholi murojaati asosida muhim masala ko‘tarildi.
👩💼 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati L. Xakimova tomonidan Sherobod tumani Elektr tarmoqlari korxonasiga deputat so‘rovi yuborildi.
🔌 So‘rovda “Boybuloq” mahallasi “Bobotepa” qishlog‘idagi qo‘lbola yog‘och elektr ustunlari eskirib, ta’mirtalab holatga kelgani hamda bu holat elektr ta’minoti xavfsizligi va uzluksizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
🏗 Shuningdek, “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida o‘rnatilayotgan yangi beton ustunlar va almashtirilayotgan amaldagi beton ustunlardan foydalanishga yaroqlilarini “Bobotepa” qishlog‘idagi eskirgan ustunlar o‘rniga o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
🤝 Mazkur murojaat mahalla fuqarolari takliflari asosida yo‘llanib, hududda elektr ta’minoti xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
✅ Masala deputat nazoratida.