“Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va uning a’zolari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Yuldasheva Muyassar Tairovna “Oqibat” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi vakillar bilan suhbatlashdi.
Uchrashuvda, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xizmat xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati yuzasidan qilinayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Muyassar Yuldasheva tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan qabullar o‘tkazilib, mahallada bolalarga sport yo‘nalishi bo‘yicha yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.