Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
✅ 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Buloqboshi tumanidagi 10-umumta’lim maktabida haqiqiy quvonch va tabassum ayyomi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
Nogironligi bo‘lgan bolalarga bayramona e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi

 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov To‘rttol mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan bolalar holidan xabar olib, ular uchun xayriya tadbirini tashkil etdi. Tadbir doirasida deputat tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan mahallada yashovchi 9 nafar nogironligi bo‘lgan bolalarga turli sovg‘alar va o‘yinchoqlar topshirildi. Bolalar va ularning ota-onalari bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik hayoti, ta’lim olishi va mavjud ehtiyojlari haqida suhbatlashildi. Bolalarga topshirilgan sovg‘alar ularning bayramona kayfiyatini ko‘tarib, yuzlarida quvonch va tabassum uyg‘otdi. Ota-onalar esa farzandlariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik
bildirdilar.
Mazkur xayriya tadbiri Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu ishlardan biri bo‘ldi. 

Slide 1 of 9