Oltiariq tumani 5-Povulg'on saylov okrugida infrotuzilmani yaxshilash maqsadida aholi murojaatlari
o'rganildi
Jumladan, Toshobod MFY Umochbuvo va Navbahor ko'chalarida Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A.Yursunov, kotibiyat bosh mutahassisi A.Turg'unov va tuman hokimi maslahatchisi M.Ahmedovlar aholini sifatli elektr bilan ta'minlash masalasini joyiga borib o'rganishdi. Jarayonda yuqoridagi
ko'chalarga qo'lbola sim-yog'ochlar o'rnatilganligi, ayrim sim-yog'ochlar texnika xavfsizligi talablariga mutlaqo javob bermasligi va 25 ta simyog'ochlarni temir-beton stolbalarga almashtirish lozimligi aniqlandi. Mavjud
muammoni bartaraf etish maqsadida mas'ullarga hudud deputati D.Karimov tomonidan deputatlik so'rovi yuborilishi belgilab olindi.