Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
Аholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev chorvachilik xoʼjaligi faoliyat bilan tanishdi.

Muxtaram Prezidentimizning 2025 yil 31 oktyabrdagi “Аholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 322-sonli qarorlariga asosan aholini asosiy turdagi oziq ovqat maxsulotlari, xususan, goʼsht, sut, tuxum, baliq.

Oʼsimlik yogʼi va kartoshka bilan kafolatli taʼminlash, chorvachilik xoʼjaliklarining ozuqa bazasini tubdan yaxshilash, ularni faoliyatini kengashtirish uchun qoʼshimcha shart sharoitlar yaratish va narxlar barqarorligini saqlash maqsadida tumanda yengil konstruktsiyali molxonalar qurish boʼyicha yangi 102 ta loyixalar tuman hokimining qarori bilan tasdiqlandi va bu borada ishlar davom yetmoqda.

Bugungi kunda Romitan tumanida jami 105 ta chorvachilik xoʼjaligi faoliyat yuritib, shundan 45 tasi qoramolchilik, 21 tasi qoʼy-echkichilik, 31 tasi baliqchilik, 2 tasi asalarichilik va 6 tasi parrandachilik yoʼnalishida faoliyat olib bormoqda.

Deputat Shoʼrcha MFY hududidagi “Аbdulla Bozor” fermer xoʼjaligida amalga oshirilgan ishlar hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

“Аbdulla Bozor” fermer xoʼjaligi 1999 yilda tashkil topgan boʼlib, bugungi kunda ushbu fermer xoʼjaligi tomonidan 134 bosh naslli qoramollar parvarish qilinadi.

2025-yil yakunlari boʼyicha fermer xoʼjaligi tomonidan 285 tonna sut va 14 tonna goʼsht maxsulotlari xalqimiz dasturxoniga yetkazib berilgan. 

Slide 1 of 1