Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
Aholi muammolari joyida o‘rganildi
Aholi muammolari joyida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ–35–V-sonli qarori ijrosi doirasida hududlarda aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni hal etishda mahalliy Kengash deputatlari va “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish ishlari davom ettirilmoqda.

📍 Haftalik ish rejaga muvofiq, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva va okrug deputati Baxrididn Nurmatov tomonidan “Chig'atoy Darboza” MFY hududidagi 88-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida kotibiyat bosh mutaxassislari va mahalla yettiligi bilan birgalikda o‘rganish tadbirlari olib borildi.

🔶 Shuningdek, o‘rganishda maktabgacha taʼlim tashkiloti sig‘imi 150 nafar bo‘lib, hozirda 150 nafar tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya berib kelinayotgani maʼlum bo‘ldi.

Hududni o‘rganish davomida:
✅ Bolajonlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi;
✅ taʼlim-tarbiya va moddiy-texnik bazadagi kamchiliklar belgilab olindi;
✅ eng dolzarb muammolar orasida bazir bir kochalarda kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar, maktabgacha ta’lim muassasa yerto‘lasida sanitariya holati qoniqarsizligi o‘rganildi va yo‘llarning ta’mirtalab holati kabi dolzarb masalalarni bartaraf etish bo‘yicha aniq rejalar kelishib olinib, zaruriy tavsiyalar berildii.

📝 Yakunda mahalla raisi va muassasa maʼmuriyati takliflari inobatga olindi. Amaliy yordam berish to‘g‘risida kelishib olindi.

📎 Bizning asosiy maqsadimiz — farzandlarimiz va fuqarolarimizning xavfsiz va zamonaviy sharoitlarda kamol topishini taʼminlashdir. Tez orada ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga kirishamiz.

📌 Bizni kuzatishda davom eting, tumanimiz rivoji yo‘lida hamkorlikka doim tayyormiz!
Slide 1 of 6