Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov tomonidan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔺Ushbu monitoring jarayonida ta’lim muassasalaridagi pedagog xodimlarning ish sharoiti, huquqlari, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari va qonun bilan belgilangan imtiyozlar bilan tanishildi. Shu bilan birga, qonun talablariga muvofiq pedagoglarning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning maqomini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

🔺O‘rganish davomida bo‘lim rahbari I.Izzatulloyev bilan suhbatlar o‘tkazilib, amaliy faoliyatda duch kelinayotgan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi. Shu bilan birga, pedagoglarning ijtimoiy himoyasi va kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha mavjud chora-tadbirlar tahlil qilindi.

🔺Ta’lim sohasidagi monitoring natijalari asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, pedagoglarning huquqlari va maqomini yanada himoya qilish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanishi rejalashtirilmoqda.

Slide 1 of 2