Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
Umumta’lim maktabining sport anjomlari bilan jihozlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq tumanning “Daxana” mahallasida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida maktab sport zali hamda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida foydalanilayotgan inventarlar holati batafsil ko‘zdan kechirildi.

🔺Jarayonda futbol, voleybol, basketbol va boshqa sport turlari uchun mo‘ljallangan jihozlarning mavjudligi, ularning texnik holati hamda foydalanishga yaroqlilik darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport to‘garaklari faoliyati va mashg‘ulotlarning tashkil etilish holati ham tahlil qilindi.

🔺O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda sport anjomlari bilan ta’minot darajasini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 2