Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida aholini doimiy ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish, kasb-hunarga o‘qitish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, bo‘lim tomonidan ishsiz fuqarolarni mehnat bozoriga jalb qilish, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish hamda kambag‘al oilalar bilan “xonadonbay” ishlash tizimi asosida amaliy choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularga imtiyoz va yengilliklar haqida tushuntirish ishlari ham o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida murojaatlar bilan ishlash, aholini kasbga o‘qitish markazlariga jalb qilish, subsidiya va kredit ajratish jarayonlarining shaffofligi ham ko‘rib chiqildi. Deputat ayrim yo‘nalishlarda amaliy natijadorlikni yanada oshirish, ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar berdi.

🔺Shu bilan birga, aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish davlat siyosatida ustuvor vazifalardan biri ekani, bu borada qabul qilinayotgan qarorlar joylarda samarali ijro etilishi muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 1