Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Kengash raisi — M.Tuychiyeva olib bordi.

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijro intizomini mustahkamlash, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda yoshlar va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga oid muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

“IJRO.GOV.UZ” tizimi orqali topshiriqlar ijrosi holati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi;
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasidagi ustuvor loyihalar yuzasidan hisobotlar eshitildi;
Qurilish, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi;
2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha shakllangan qo‘shimcha byudjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi;
Sportni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda “Yoshlar maslahat guruhi” tarkibini yangilash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan aholini qiynayotgan masalalar, hududlarni kompleks rivojlantirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha taklif hamda tashabbuslar ilgari surildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bo‘ston tumanida aholi farovonligi, ochiqlik va samarali boshqaruv yo‘lida ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 5