Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mavjud sport inshootlari, umumta’lim maktablarining sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borilmoqda.Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-“Xisarak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan o‘zi saylangan “Chinorbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbir maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.O‘rganish davomida maktab sport zalining holati, sport anjomlari va inventarlarining mavjudligi hamda ulardan foydalanish samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Jumladan, sport zalining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari va jihozlarning texnik holati tahlil qilindi.Nazorat davomida maktabdagi sport anjomlari va jihozlaridan unumli foydalanilayotgani, sport zalida nafaqat o‘quvchilar uchun,balki mahalla aholisi va uyushmagan yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida turli sport tadbirlari muntazam tashkil etib kelinayotgani aniqlandi.Shuningdek, tashrif davomida ta’lim sifati,o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda pedagoglarning faoliyati bilan tanishilib, o‘qituvchilar bilan muloqot o‘tkazildi. Suhbat jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.  

Slide 1 of 4