Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
Mahalla obodligi va infratuzilmani yaxshilash — ustuvor vazifa

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi hamda jamoatchilik faollari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirni tashkil etish va o‘tkazishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Muloqot davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, hudud tozaligini saqlash, chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va olib chiqish, ko‘chalarni tartibli saqlash hamda yashash muhitini yanada yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla faollari tomonidan hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan ayrim masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda hududda sanitariya va obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Ta’kidlanganidek, mahallalarda ochiq muloqotlarni tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash va hududlarni obod maskanga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3