Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
Deputat mahallada Bog‘chalardagi sharoitlar: Ta’minot yaxshi, ammo tozalikka e’tibor kerak

 Bog‘chalardagi sharoitlar: Ta’minot yaxshi, ammo
tozalikka e’tibor kerak
 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va Kengash
kotibiyati tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlar uchun
yaratilgan sharoitlarni, sog‘lom ovqatlantirish tizimini va sanitariya holatini
o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
 

Navbatdagi nazorat tadbiri 14-Mingtepa saylov
okrugidan saylangan deputat («Adolat» SDP deputatlik guruhi a’zosi) B.
Abdurahmonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G. Xudoyqulova tomonidan
Mingtepa hududidagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (MTM) amalga
oshirildi.
 

O‘rganish davomida quyidagi ijobiy holatlar kuzatildi: 

Muassasa oshxonasining umumiy holati va tozalik
darajasi talab darajasida;
 

Bolajonlar uchun mo‘ljallangan sifatli oziq-ovqat
mahsulotlari ta’minotchi tomonidan o‘z vaqtida va tizimli ravishda yetkazib
berilayotganligi aniqlandi.
 

Mavjud kamchiliklar: Shu bilan birga, kuzatuv davomida
MTM hududida chiqindilarning o‘z vaqtida tartibga solinmagani va yig‘ilib
qolganligi aniqlandi. Bu esa muassasaning umumiy ko‘rkiga va dilni xira
qiladigan holat sifatida mas’ullarning e’tiborsizligini ko‘rsatadi.
 

Jajji farzandlarimiz tarbiyalanayotgan maskanda
nafaqat ichki sharoit, balki atrof-muhit tozaligi va obodonlashtirish ishlari
ham namunali darajada bo‘lishi shart.
 

Aniqlangan ushbu kichik kamchilikni qisqa fursatlarda
bartaraf etish, bog‘cha hududini doimiy toza va ozoda saqlash yuzasidan
muassasa rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga
olindi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 7