Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
#96_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

#96_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi


Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi

Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati M.Rajabov tumandagi "Bog'ishamol" mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida "Deputat va Mahalla yettiligi hamkorligi" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘z saylovchilari oldida amalga oshirilgan ishlari bo'yicha axborot berib, saylovchilar bilan o'tkazilgan uchrashuvlarda aniqlangan muammoli holatlarni o‘rganish va ularni deputat tomonidan hal etish haqida o'z axborotini berib o'tdi.

Shuningdek mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tinglandi. Xususan, ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish masalasi fuqarolar tomonidan ko‘tarildi. Aholi vakillari mavjud yo‘llarning holati, yomg‘irli mavsumda yuzaga kelayotgan noqulayliklar hamda piyodalar va transport harakati uchun tug‘ilayotgan qiyinchiliklar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Aniqlangan muammolar deputat tomonidan murojaatlar qayd etilib, joyida tegishli mas'ullar bilan bog'lanib, muammolar yechimi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3