Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
“Temiryo‘lchi” mahallasida amaliy natijalar o‘rganildi

Navbatdagi o‘rganish obyekti “Temiryo‘lchi” mahallasi bo‘ldi. Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengash deputati X.Fayzullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar mahalla hokim yordamchisining faoliyatini tahlil qilish barobarida, aholi bilan ham ochiq muloqot o‘tkazdilar.

💬 Suhbat davomida fuqarolarning mahalla xodimlari faoliyatiga bo‘lgan munosabati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda aholini tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar o‘rganildi. Ochiq muloqot jarayonida mahalla tizimidagi o‘zgarishlar va aholini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

🟢O‘rganishlar davomida hokim yordamchisi ko‘magida amalga oshirilgan aniq natijalarga ham guvoh bo‘lindi. Jumladan, kambag‘allik reyestridagi fuqaro N.Xurramovaga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan.

🟢Ajratilgan kredit evaziga mahalla hududida yangi oziq-ovqat do‘koni faoliyati yo‘lga qo‘yilib, oilaning doimiy daromad manbai yaratilgan.

⏺Mazkur amaliy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarori ijrosi doirasida hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

📌 Qarorda belgilangan vazifalarga muvofiq, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, aholini daromadli mehnatga jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda “mahallabay” ishlash tizimini kuchaytirish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.

💬Deputatlar bu kabi manzilli yordamlar kambag‘allikni qisqartirishda eng samarali vositalardan biri ekanligini ta’kidlab, hokim yordamchisiga boshqa ehtiyojmand oilalarni ham tadbirkorlikka jalb qilish, ularga moliyaviy va amaliy ko‘mak berish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdilar.

Slide 1 of 2