Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan qator muhim masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Jumladan:

- tuman Umumiy bo‘limi mudirining O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining tuman hokimligida ta’minlanishi holati yuzasidan hisoboti;

- tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining tuman mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti;

- tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirining tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;

- tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarining tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi hisoboti;

- Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbarining tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoshlar dasturi” ijrosi yuzasidan hisoboti eshitildi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan hisobotlar yuzasidan savol va takliflar bildirilib, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Muhokamalar yakunida taqdim etilgan hisobotlar deputatlar tomonidan ma’qullanib, tegishli masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#D_Komissiya_yigilishi

Slide 1 of 10