Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
Kengash_faoliyati

JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH VA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DIQQAT MARKAZIDA

✅Bandixon tumanida aholi osoyishtaligini ta’minlash, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va xavfsiz muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati Jumayev Sirojiddin Nurqobilovich tumanimizdagi “Bahoriston” mahallasida bo‘lib, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati va amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarni o‘rgandi.

✅Mahalla profilaktika inspektori ishtirokida quyidagi masalalar tahlil qilindi:

✅Jinoyatchilik dinamikasi: Mahallada sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning sabablari va ularni keltirib chiqarayotgan omillar ko‘rib chiqildi.

✅Profilaktik chora-tadbirlar: “Xonadonbay” yurish orqali oilaviy mojarolarni kamaytirish va ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash choralari.

✅Tungi nazorat: Hududda ko‘cha chiroqlari va kuzatuv kameralarining ishchi holati, tungi vaqtlarda profilaktik tadbirlarning samaradorligi.

O'rganish davomida “Bahoriston” mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati deputat tomonidan atroflicha tinglandi. Saylovchining qiynayotgan muammo tahlil qilinib, uning yechimi yuzasidan mas’ul va tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborish belgilandi.

“Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolariga ijobiy yechim topish — deputatlik faoliyatimning bosh mezoni va ustuvor yo‘nalishidir”, — deydi deputat.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mahalla yettiligi bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish belgilab olindi.

Slide 1 of 3