Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda Uchtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G‘ulom Eshatov tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — “Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati” yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

🗂 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PQ-171-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qaroriga muvofiq 2025-yil 1-iyundan boshlab joriy etilgan “Faol hayotga qadam” dasturi ijrosi bilan tanishildi.

🔼 Mazkur dastur o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, oilalardagi parvarish yukini yengillashtirish hamda ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarning mehnat qilish va jamiyatda faol ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

↗️ Dastur doirasida 5 turdagi ijtimoiy xizmat joriy etilgan bo‘lib, murojaatchilarning ehtiyoji “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan baholanadi va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida vaucher shakllantiriladi. Xizmatlar “Inson” markazlari bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan ko‘rsatiladi, xarajatlar esa subsidiya asosida qoplab beriladi.

📝 Ushbu xizmatlar - uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam, uy sharoitida qarab turish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya, kunduzgi qatnov asosida qarab turish hamda shaxsiy yordamchi xizmatlar ko'rsatishni o‘z ichiga oladi.

💬 O‘rganish davomida markaz faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi va amaliy maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

💼 Shuningdek, o‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 5