Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son 2025-yil 10-sentyabrdagi PF-163-son Farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Besh-tut” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi D.Ikromovaning faoliyati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan mahalladagi uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, sport va madaniy tadbirlarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning murojaatlari va muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔵Deputat ayrim yoshlar bilan ham bevosita suhbatlashib, ularning ta’lim olish, ish bilan ta’minlanish, tadbirkorlikni boshlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi fikr va takliflarini tingladi. Shu bilan birga, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, sport va kitobxonlikka qiziqishini oshirish borasida hamkorlikda ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

🔵Uchrashuv yakunida yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2