Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Odintsova Natalya Yurevna tomonidan Katta Yangobod mahallasida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va muammolar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📌O‘rganish jarayonida mahalladagi ichki ko‘chalar holati, yo‘llarning ta’mirtalab qismlari, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar hamda tungi yoritish tizimlarining ishlash holati batafsil ko‘zdan kechirildi.

❗️ Aholi tomonidan ayniqsa ayrim ko‘chalarda yoritish chiroqlarining yetishmasligi va yo‘l qoplamasining yaroqsiz holga kelgani bo‘yicha bildirilgan taklif va murojaatlar joyida qayd etildi.

✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq taklif va deputatlik so'rovi kiritilishi, masalalar bosqichma-bosqich amaliy hal etilishi belgilandi.

Slide 1 of 1