📌O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yashnobod tuman Kengashi tashabbusi bilan "Qalqon" mahallasida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda tibbiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida 67-oilaviy poliklinika tomonidan mahalla aholisi bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
❗️ Tadbir davomida keksalar, ayollar va bolalar malakali shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatlik holati tekshirildi.
🔹 Mazkur salomatlik aksiyasida Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputatlari hamda O‘zbekiston XDP a’zolari ham faol ishtirok etib, aholi bilan muloqot olib bordi.
✅ Bunday tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa keksalar va yosh avlod salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.