Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
13-maktabda o‘quv sharoitlari o‘rganildi: qo‘shimcha bino zarur

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A. Abdumurotov tomonidan hududdagi 13-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏫 O‘rganish jarayonida maktabning mavjud sharoitlari, sinfxonalar sig‘imi va o‘quv jarayoni tahlil qilindi. Ayni paytda mazkur maktabda o‘quvchilar 2 smenada tahsil olayotgani, bu esa o‘quv jarayoniga ma’lum darajada noqulayliklar keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

📚 Shu bois maktab uchun qo‘shimcha bino qurish zarurati mavjudligi qayd etildi. Bu esa o‘quvchilarni bir smenali ta’limga o‘tkazish, ta’lim sifatini oshirish hamda qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

💬 Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur masalani hal etish, zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🤝 Bu kabi o‘rganishlar hududlarda ta’lim sifatini oshirish va mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2