Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
"Abubakr Shoshiy” mahallasida hududiy o‘rganishlar va aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi

"Abubakr Shoshiy” mahallasida hududiy o‘rganishlar va aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Kamala Xalitovna tomonidan Olmazor tumanidagi “A.Shoshiy” mahallasida uchrashuv tashkil etilib, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, infratuzilma, aholi murojaatlari hamda mavjud muammolar yuzasidan manzilli o‘rganishlar olib borildi.

📍 Uchrashuv davomida Kengash deputatlari, kotibiyat bosh mutaxassisi, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda mahalla nuroniylari ishtirokida hududda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, aholi turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar va mahalladagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Xususan, mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar faollari hamda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan tahliliy muloqotlar olib borildi.

📈 Mahalladagi aholi bandligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsion imkoniyatlarni kengaytirish, madaniyat va sport infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

🤝 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, mahalladagi muammolarni joyida aniqlash va ularni tizimli hal etish, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali hudud rivojiga amaliy hissa qo‘shish deputatlik faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

✅ Yakunda ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6